Shveysariyalik mutaxassislar turizm sohasida ish beruvchilar va taʼlim muassasalari hamkorligiga doir tajribasi bilan boʻlishdi

01:54 02 Mart 2023 Madaniyat
969 0

Foto: Uzbektourism

«Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «Oʻzbekistonda professional taʼlim sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash» boʻyicha seminar tashkil etildi.

VET4UZ loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu seminarda Shveysariya mehmondoʻstlik biznes maktabi (EHL — Ecole hôtelière de Lausanne)ning Professional taʼlim va malaka oshirish boʻyicha menejeri Skott Rayan, manfaatdor vazirlik va institutlar, mehmondoʻstlik yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi pilot professional taʼlim muassasalari hamda xususiy sektor vakillari ishtirok etishdi.

Taʼkidlash kerakki, seminarda «Professional taʼlim boshqaruv tizimlarida muvofiqlashtirish va muloqot, moliyalashtirish mexanizmlari va kompetensiyaga asoslangan taʼlim» mavzusida fikr almashishdi.

Shuningdek, Skott Rayan tadbir davomida Shveysariya professional dual taʼlim tizimi va «Hotellerie Suisse» professional uyushmasining taʼlim sifatini muvofiqlashtirish hamda yanada yaxshilashdagi oʻrni haqida toʻxtaldi.

Qolaversa, Rayan mehmonxona xoʻjaligi sohasida ish beruvchilar va taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni tashkil etish borasida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?