Shukurjon Gʻoipov Toshkent xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrugʻi bilan Gʻoipov Shukurjon Umarovich 2022-yil 21-dekabrdan boshlab “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov oʻrnini egalladi.
Oʻzbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gʻoipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimida muhandis sifatida boshlagan. 2018-yildan hozirgacha “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airports” AJ respublikaning 11 ta xalqaro aeroporti boshqaruvini amalga oshiruvchi kompaniya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring