“Shoʻrtangazkimyo majmuasi”da korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
“Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJda “Korrupsiya — jamiyat va taraqqiyot kushandasi” mavzusida maʼrifiy-amaliy tadbir boʻlib oʻtdi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tashkil etilgan tadbirda jamiyat hamda uning tasarrufidagi korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari atroflicha tahlil qilindi.

— Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ, Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” asosida tizimli ishlar olib borilmoqda, — dedi “Oʻzbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti boshligʻi Alisher Davlanov. — Departament tomonidan jamiyat tasarrufidagi korxonalar rahbariyati bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, salbiy holatlarning oldini olish hamda masʼul shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, hisobot davrida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha 62 nafar masʼul xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Shuningdek, tadbir yakunida “Oʻzbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti tomonidan tizim tashkilotlarida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring