Shoir Nodir Jonuzoq davlat tilini rivojlantirishga mas’ul bo‘ldi
Arxiv foto
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nodirjon Jonuzoqovich Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" manbalari xabar bermoqda.
Shoir Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillar «Yoshlik» jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.
U 2018 yil aprelida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil dekabrida uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 2022-yilning aprelida u Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2022-yilning 30-dekabrida esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va hozirgi kungacha shu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring