Shimoliy Koreya Janubiy Koreya chegarasi yaqinidagi yoʻllarni portlatib yubordi
Foto: AP
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan bogʻlaydigan yoʻllarning shimoliy qismlarini portlatib yuborgan. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylari xabar berdi.
Dushanba kuni Seul Pxenyan yoʻllarni portlatib yuborishga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Shimoliy Koreya oʻz qoʻshnisini mamlakat poytaxti Pxenyan ustidan targʻibot varaqalari olib yurgan dronlarni joʻnatganlikda ayblaganidan keyin Koreya yarim orolidagi keskinlik kuchaydi. Shuningdek, ushbu hodisa Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bu masalani muhokama qilish uchun oliy harbiy va xavfsizlik amaldorlari bilan uchrashuv oʻtkazganidan bir kun oʻtib sodir boʻldi.
Kim bu parvozlarni dushmanning jiddiy provokatsiyasi sifatida baholagan va mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun bir qancha vazifalar qoʻygan.
Avvalroq Shimoliy Koreya agar qoʻshnisining uchuvchisiz samolyotlari mamlakatda yana topiladigan boʻlsa, Janubiy Koreyaga front artilleriyasi va boshqa armiya boʻlinmalarini hujum qilish uchun tayyor holatga keltirilishini aytgan edi. Seul esa uchuvchisiz uchoqlarni joʻnatganligini tasdiqlashdan bosh tortdi. Shuningdek, fuqarolarining xavfsizligiga tahdid soladigan boʻlsa, Pxenyanni qattiq jazolashi haqida ogohlantirgan.
Janubiy Koreya rasmiylari Shimoliy Koreya joriy yil boshida chegarada tankka qarshi toʻsiqlar qoʻyish va minalarni qoʻyishni boshlaganini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring