Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
Foto: “Tengrinews”
Qozogʻistonning Ostona shahridagi sobiq “Cinema City” kinoteatri joylashgan binoda yongʻin chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan videolar tarqaldi, kadrlarda bino deyarli butunlay oʻt ichida qolganini koʻrish mumkin.
Qozogʻiston FVVning maʼlum qilishicha, yongʻin bugun, 8-dekabr kuni tonggi vaqtda Baykonur tumanining Amandeldi Imanov koʻchasidagi pavilyonda yuz bergan. Hozirda hodisa yuzasidan dastlabki maʼlumotlar oʻrganilmoqda, jabrlanganlar haqida murojaatlar kelib tushmagan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga kuchaytirilgan tartibda yetib borgan. Soat 09:16 da olov qurshab olingan va 09:43 da toʻliq bartaraf etilgan. FVV maʼlumotlariga koʻra, yongʻin sodir boʻlgan vaqtda Ostonada qor yogʻayotgani oʻt oʻchirish ishlarini yengillashtirgan.
“Tengrinews”ning yozishicha, yongʻinning asosiy qismi oʻchirilgan boʻlsada, qutqaruvchilar xavfsizlikni toʻliq taʼminlash ustida ishlashda davom etmoqda.
Qoʻshimcha qilinishicha, faoliyatsiz turgan uch qavatli binoning qoʻshimcha qurilgan kafe qismi va tashqi fasadi yonib ketgan. Shuningdek, bino yaqinida turgan yuk mashinasi ham zararlangan.
Maʼlumot uchun, “Cinema City” 1999-yili ochilgan va taxminan 10-yil faoliyat yuritgan. Bu vaqt ichida esa u Ostonadagi eng ommabop hordiq chiqarish maskanlaridan biriga aylanishga ulgurgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring