Shimoliy Koreya gipertovushli raketalarni sinovdan oʻtkazdi
Shu yilning 4-yanvar kuni Shimoliy Koreya gipertovushli raketalarni sinovdan oʻtkazdi. Mazkur sinovlar mamlakatning jangovar tayyorgarligini tekshirish maqsadida amalga oshirilgan.
Taʼkidlanishicha, raketa sinovlarini Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan oʻzi kuzatib borgan. Mamlakat rahbari bu sinovlarni mamlakatning kuchli va ishonchli yadroviy tiyib turish salohiyatini saqlab qolish hamda yanada mustahkamlash uchun muhim strategik qadam deb baholagan.
Kim Chen In bunday harbiy sinovlar geosiyosiy inqirozlar va murakkab xalqaro vaziyatlar fonida dolzarb hisoblanishini ham qoʻshimcha qilgan. Shuningdek, Shimoliy Koreya AQSHning Venesueladagi operatsiyalarini davlat suverenitetini buzish sifatida qoralagan.
Maʼlumotlarga koʻra, raketa sinovi Shimoliy Koreyadan sharqda joylashgan dengiz hududidagi, taxminan ming kilometr masofadagi nishonlarga zarba bergan. Mazkur sinov Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myonning Xitoyga davlat tashrifi bilan bir vaqtda amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring