Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifining bugungi dasturi qanday boʻladi?

01:05 19 Fevral 2026 Siyosat
108 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashington shahriga amaliy tashrifining bugungi dasturi muzokaralarga boy boʻladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Bildirilishicha, davlatimiz rahbari AQSH savdo vaziri Xovard Latnik, AQSH Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Shuningdek, AQSH biznes doiralari vakillari bilan strategik rejalardan aniq loyihalarni amalga oshirishga oʻtishga qaratilgan yangi formatdagi davra suhbati hamda Oʻzbekiston–AQSH hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Ishbilarmonlik tadbirlari yakunlari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, aniq qoʻshma loyihalarni ilgari surishga qoʻshimcha surʼat bagʻishlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер