Shavkat Mirziyoyev Rossiyada jasorat koʻrsatgan yurtdoshimizni mukofotladi
Maʼlumki, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi koʻp qavatli uy derazasidan qulagan bolani oʻzbekistonlik migrant Xayrullo Ibadullayev qutqarib qolgandi.
Yurtdoshimiz koʻp qavatli uy derazasida osilib turgan bolani koʻrgach, oyna ostiga yaqinlashgan va kuchsizlanish oqibatida boshi bilan pastga qulagan bolakayni havoda ilib olishga ulgurgan. Yurtdoshimiz tomonidan koʻrilgan birinchi tibbiy yordam natijasida bola hayoti saqlab qolingan. Mazkur qahramonlik oqibatida yurtdoshimizning oʻzi ham yengil jarohatlar olgan, unda jiddiy shikastlanish qayd etilmagan.
Ahamiyatli jihati shundaki, Xayrullo Ibadullayev tomonidan koʻrsatilgan ushbu jasorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼtirof etildi.
Bugun, 23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan oʻz joni va salomatligini xavf ostiga qoʻyib, koʻp qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam koʻrsatgan va uning hayotini saqlab qolgan, xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun yurtdoshimiz Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring