Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari Aleksandr Novakni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni toʻrtinchi Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari Aleksandr Novakni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Aleksandr Novak davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forum muvaffaqiyatli oʻtayotgani bilan tabrikladi.
Oʻtgan yil may oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi va oliy darajadagi boshqa muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Energetika sohasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish, neft-gaz tarmogʻidagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish, tinch atom sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring