Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 7-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti — Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Yetakchilar doʻst Oʻzbekiston va Pokiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.
Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari muhokama qilindi.
Strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli darajalardagi muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzaro savdo va yuk tashishlar hajmi sezilarli ortmoqda, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar koʻpaymoqda. Farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, logistika va boshqa yoʻnalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Lahor va Karachida savdo uylari tashkil etilgan.
Joriy yilga rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumini samarali oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring