Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni Malayziya Bosh vazirining o‘rinbosari, energetik o‘tish va suv resurslarini transformatsiya qilish vaziri Fadilloh bin Yusuf boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Malayziyaning nufuzli delegatsiyasi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda Samarqand shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati bo‘yicha forumida ishtirok etish uchun rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Uchrashuv avvalida Fadilloh bin Yusuf davlatimiz rahbariga Bosh vazir Anvar Ibrohimning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Malayziya ko‘p qirrali munosabatlarini joriy yil fevral oyida Kuala-Lumpurga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlar doirasida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalardagi aloqalar, tashriflar va almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Qo‘shma korxonalar soni va aviaqatnovlar ko‘paydi. Ertaga ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Iqtisodiy hamkorlikda mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish hamda savdo, innovatsiyalar, "yashil" energetika, neft-gaz va kimyo, geologiya, suv resurslarini boshqarish, elektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoati, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, ziyorat turizmini rivojlantirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini faol ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring