Shavkat Mirziyoyev: Bundan buyon kambagʻallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emasligini koʻrsatib oʻtdi.
Masalan, oʻtgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambagʻallik 2 foizdan ortiq kamaygan boʻlsa, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent shahrida oʻzgarish boʻlmagan.

Respublikaning 15 ta tumanida kambagʻallik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonlikoʻl, Nukus, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa.
Bu tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion soʻmlik arzon kredit va subsidiya berilgan boʻlsada, oʻzgarish boʻlmagan.

Aholiga boʻlib berilgan yerlar boʻyicha 17 ta tumanda 2-3-martadan hosil olish hisobiga kambagʻallik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dangʻara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Bandixon, Oʻrtachirchiq, Boʻka, Taxiatosh tumanlari.
Lekin, 14 ta tuman – Qonlikoʻl, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqalʼada oʻzgarish sezilmayapti.
Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi boʻyicha qatʼiy eʼtiroz bildirildi.
Prezident topshirigʻiga koʻra, mutasaddilar masalani ichiga chuqurroq kirdi, eng ogʻir mahalladagi nochor oilalarga borib, nimaga koʻproq eʼtibor berish kerakligini oʻrgandi.
Bu masalada savdo, servis, toʻqimachilik, tibbiyot, ovqatlanish, qurilish, kasanachilik, elektrotexnika, transport sohasi tadbirkorlari bilan aniq muhokamalar oʻtkazildi.
Oʻrganishlar kambagʻallikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib boʻlmasligini koʻrsatmoqda.
Hozirda 3-5 million soʻmgacha oylik beraman degan korxonalarda 250 mingta boʻsh ish oʻrni bor. Lekin, kambagʻal oilani 35 foiz ishga layoqatli aʼzolarida bilim va koʻnikma kam.
Bola parvarishi bilan band boʻlgani uchun ishlash xohishi boʻlgan ayollarning 43 foizi ishga bora olmayapti.
Kambagʻal oilalarning 83 foizida katta tomorqa bor. Lekin, ularning 62 foizida – suv, 48 foizida – elektr muammosi bor, yana 50 foizi markazdagi bozorga borishga qiynalmoqda.
Davlatimiz rahbari kambagʻallikka tushish sabablari har xil ekan, yechimi ham alohida-alohida boʻlishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi.
Hozirda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.
Unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida Oʻzbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.
Bundan buyon kambagʻallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.
Mutasaddilarga har bir mahallani toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ulardagi “kambagʻal oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambagʻal oila boʻyicha individual dastur boʻladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi koʻrsatiladi.
Iqtisodiy kompleks – J.Qoʻchqorov tizimi oilalarni kambagʻallikdan olib chiqish bilan shugʻullansa, ijtimoiy himoya – M.Olloyorov tizimi kimni reyestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob berishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring