Shavkat Mirziyoyev 15 ta IIB boshligʻi va 5 prokurorni ishdan oldi
Jinoyatchilikni jilovlash va aholi bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi uchun Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga masʼul oʻrinbosari B.Abdullayevga hayfsan eʼlon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari oʻziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishi qayd etildi.
Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan:
- Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, Gʻijduvon, Kogon, Tuproqqalʼa, Taxtakoʻpir, Tomdi, Yakkabogʻ, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinkoʻl tumanlari ichki ishlar boshliqlari;
- Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring