“Shaxsiy xabarlar endi shaxsiy emasmi?” — Telegram'ni josuslik vositasiga aylantiruvchi qonun muhokamada
Telegram messenjeri barcha fransiyalik foydalanuvchilariga Yevropa Ittifoqida muhokama qilingan “Chat Control” (chatlarni nazorat qilish) qonuniga oid ogohlantiruv xabarini yubordi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov oʻzining Telegram'dagi shaxsiy kanalida maʼlum qildi.
Durovning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini deyarli man etish arafasida boʻlgan. Yangi qonun qabul qilinsa, messenjerlar har bir shaxsiy xabarni avtomatik ravishda tekshirishi — foydalanuvchilar telefonlarini kuzatuv qurilmasiga aylantirishi mumkin edi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur tashabbusni Fransiya hukumati ilgari surgan. Mamlakatning sobiq va amaldagi ichki ishlar vazirlari Bryuno Retayo hamda Loran Nyunyes qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlagan. Ular shu yil mart oyida politsiya Fransiya fuqarolarining shaxsiy xabarlarini koʻra olishi kerakligini aytgandi. Shuningdek, Respublikachilar partiyasi va prezident Emmanuel Makronning “Renaissance” guruhi ham qonunni yoqlab ovoz bergan.
Rasmiylarga koʻra, tashabbus jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan. Ammo Durov “bu choralar avvalo oddiy fuqarolarning erkinliklariga tahdid soladi” degan fikrni ilgari surgan.
“Jinoyatchilar VPN yoki maxsus veb-saytlar orqali kuzatuvdan osongina qochishi mumkin. Bunda politsiya va davlat amaldorlarining yozishmalari ham nazoratdan mustasno boʻladi. Yaʼni faqat oddiy odamlarning shaxsiy maʼlumotlarigina oshkor etiladi”, deydi messenjer asoschisi.
Uning qayd qilishicha, bu gal Germaniyaning keskin pozitsiyasi fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilib qolgan. Ammo xavf hali butunlay bartaraf etilgani yoʻq — Fransiya yetakchilari shaxsiy yozishmalarga toʻliq kirishni talab qilishayotgan bir paytda, yevropaliklarning asosiy erkinliklari hamon soʻroq ostida turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring