Shaharning barcha koʻchalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak – Shavkat Mirziyoyev
Shahar drenaj tizimining master-rejasi ishlab chiqilib, kelgusi yildan qurilish ishlari boshlanishi eʼlon qilindi.
“Shaharning barcha koʻchalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak”, – dedi davlatimiz rahbari.
Dastur doirasida 150 kilometr yopiq drenaj tizimini qurish, 197 kilometr kanal va kollektorlarni taʼmirlash, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilib, shaharda salqin mikroiqlim yaratish rejalashtirilgan.
Yomgʻir suvini yigʻadigan 17 ta inshoot barpo qilinadi. Bu suvlar daraxt va yashil hududlarni sugʻorishga ishlatiladi.
Poytaxtning barcha kommunal tashkilotlari va favqulodda xizmatlar tunu kun ishlashga oʻtib, avariyaviy holatlarning oldini olish va tezlik bilan bartaraf etish bilan shugʻullanishi, jamoat xavfsizligini taʼminlash ishlarini kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring