Koronavirus mutatsiyaga uchrashi natijasida kasallik oʻta ogʻir kechishi va boshqa aʼzolarni ham jarohatlashi mumkin — mutaxassis
Koronavirusning mutatsiyaga uchrashi kasallik jarayonining oʻta ogʻirroq kechishi va boshqa aʼzolarni ham jarohatlash darajasi ortishini anglatadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, professor Sevara Ubaydullayeva “Shifobaxsh” Telegram kanaliga maʼlum qildi.
Sevara Ubaydullayevaning aytishicha, kasallik hozirgi yoz mavsumida ultrabinafsha nurlari taʼsirida yengilroq darajada kechmoqda.
“Sovuq mavsumda virus oʻta xavfli va inson organizmiga keltiradigan zarar yuqori boʻlishi olimlar tomonidan oʻrganib chiqildi va bu oʻz tasdigʻini topib bormoqda. Yilning sovuq davrida haqiqatdan ham juda koʻp davlatlarda oʻlim holatlari yuqori va ogʻir kechayotgan boʻlsa, yozgi davrda yengilroq kechayotganini hamma tan olmoqda”, — dedi mutaxassis.
Shtab aʼzosining alohida taʼkidlashicha, koronavirusning mutatsiyaga uchrashi kasallik jarayonining oʻta ogʻir kechishi va boshqa aʼzolarni ham jarohatlash darajasi ortishini anglatadi.
“Yengil darajada kechayotgan oʻpka kasalliklari yana-da ogʻirlashishi taxmin qilinmoqda. Misol uchun, hozirgi kunda kasallikni nazorat qilib, 2-3 kunda qanday belgilar paydo boʻlishini bilib turib, oldindan davolash imkoniyatimiz boʻlsa, mutatsiyadan keyin bu belgilar kasallikning boshida emas, oxirida yoki oʻrin almashgan holda kelishi mumkin. Shuningdek, boshqa aʼzolarni ham jarohatlash ehtimoli bor. Virus hozirgi kunda oʻpka, yurak-qon tomir kasalliklari tizimini jarohatlayotgan boʻlsa, sekin-asta buyrak-qon tomirlariga taʼsir qilishi olimlar tomonidan aytilmoqda. Bundan ham xavflisi, boshqa aʼzolarga oʻtib borishi bilan namoyon boʻlishi ehtimoldan xoli emas”, — deya qoʻshimcha qildi Ubaydullayeva.
Avvalroq AQSH bosh infeksionisti COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi SARS-CoV-2 koronavirusi mutatsiyaga uchragan taqdirda yana-da yuqumli boʻlishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring