Sergeli tumani mahallalarida xavfsiz muhitni taʼminlash masalalari oʻrganildi
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi A. Eshmuratov Toshkent shahri Sergeli tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish hamda aholi xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Oʻrganishlar davomida tumandagi “Bunyodobod” mahalla fuqarolar yigʻinida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, mahallada xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla aholisi uchun mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Oʻrganish jarayonida mahallalarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, xususan, videokuzatuv kameralari, domofon tizimlari va “tashvish tugmalari”ni oʻrnatish, ularni yagona nazorat tizimiga ulash hamda profilaktika inspektorlarining kundalik faoliyatida samarali qoʻllash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini raqamlashtirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, aholi bandligini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar holati tahlil qilindi.
Oʻrganish natijalari yuzasidan “mahalla yettiligi”, profilaktika inspektorlari, sektor rahbarlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama oʻtkazilib, aholi xavfsizligini taʼminlashda davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni manzilli va tizimli tashkil etish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash boʻyicha ishlarni doimiy monitoring qilish yuzasidan tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring