Sergey Shoyguga nisbatan suiqasdning oldi olindi
Moskvadagi “Troyekurovskoye” qabristonida Rossiyaning yuqori martabali amaldorlaridan biri – Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguga nisbatan suiqasdning oldi olindi. Bu haqda “Moskovskiy komsomoles” nashri xabar berdi.
Federal xavfsizlik xizmati joriy yilning 14-noyabr kuni amalga oshirilishi kutilgan hujum toʻxtatib qolinganini maʼlum qilgandi, ammo u vaqtda amaldorning ismi oshkor etilmagandi.
Manbaga koʻra, tergov doirasida bir nechta shaxs, jumladan, er-xotin qoʻlga olingan. Ular soʻroq paytida internetda “Ruslan” ismli shaxs bilan tanishganini, u esa ulardan qabristonga gul solingan vaza olib borishni soʻraganini aytgan. Vaza ichida kamera va ehtimoliy mina-shakllantirilgan qurilma boʻlgani taxmin qilinmoqda. Topshiriq uchun ularga mukofot sifatida metadon (kuchli taʼsirga ega boʻlgan sintetik opioid modda) vaʼda qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, hujum Shoygu qarindoshlari dafn etilgan joyga tashrif buyurish vaqtiga moʻljallangan. “Troyekurovskoye” qabristonda uning otasi Kujuget Sereyevich, onasi Aleksandra Yakovlevna va 2021-yilda vafot etgan opasi Larisa Shoyguning qabrlari joylashgan.
FXX suiqasd Ukraina tomoni buyurtmasi ekanini maʼlum qilgan. Xodimlar xavfsizlik choralarini kuchaytirib, hududga portlovchi moddalarni aniqlovchi texnikalar va politsiya naryadlarini jalb etgan. TASSning yozishicha, hodisadan keyin qabristonga kirishda metall qidiruv ramkalari oʻrnatilib, tashrif buyuruvchilarning sumkalari tekshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring