Sentob navbatsiz “Obod qishloq” dasturiga tushadi(mi)?
Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Sentob” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Sentob qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilmoqda.
— Bundan asosiy maqsad hududning turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish, turistlar oqimini yana-da koʻpaytirish, turistlarni hududning noyob turistik salohiyati va madaniy meros obyektlari bilan keng tanishtirish, sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini taʼminlash, zamonaviy talablarga muvofiq koʻrsatiladigan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari turlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda mazkur sohada faoliyat yuritish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratishdan iborat, — deydi Navoiy viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Javlon Hasanov. – Bu keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida oʻz aksini topgan va unga koʻra “Sentob turizm qishlogʻi” tashkil etilib, tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Endi qishloqning “Obod qishloq” dasturiga tushishi imkoniyatiga kelsak, Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-sonli Farmoniga muvofiq 2020-yildan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yigʻinlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritiladi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring