Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan Qonunni maʼqulladi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Ellik birinchi yalpi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.
Maʼlumki, keyingi yillarda mamlakatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, zargarlik buyumlari eksportini oshirishga, shuningdek turizm sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun har tomonlama imkoniyatlar yaratishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda zargarlik tarmogʻini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining xomashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Shu bilan birga turizmni yanada rivojlantirish, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining samarali faoliyatni amalga oshirishi uchun ularni qoʻllab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi foyda soligʻidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi norma bilan toʻldirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Taʼkidlangandek, ushbu Qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek turizmni rivojlantirishga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring