Senator Toshkent viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi

20:15 13 Sentyabr 2025 Siyosat
145 0

Toshkent viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida qabul qilingan qonunlar va muhokama etilgan masalalar mazmun-mohiyati jamoatchilikka yetkazildi, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Kadirxanova, viloyatdagi tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Senator yalpi majlisda koʻrib chiqilgan noshirlik faoliyati, transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirish, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishiga doir qonunlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruza va Bosh prokurorning hisoboti haqida axborot berdi.

Bundan tashqari, yigʻilishda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?