Senator talabalar bilan uchrashdi
Senatga Toshkent davlat yuridik universitetining ommaviy huquq fakulteti talabalari tashrif buyurdi.
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi Zumrad Bekatova talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalar parlament yuqori palatasining tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash jarayonlari, shuningdek, qoʻmitalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot oldi.
Shu bilan birga, talabalarning qonunchilik tashabbusi, qonunlarning amaliyotda qoʻllanilishi, sud-huquq islohotlari va korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlariga oid savollariga ham har tomonlama tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida senator boʻlajak huquqshunoslar uchun kasbiy faoliyat yuzasidan zarur boʻlgan tavsiya hamda maslahatlar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring