Senator “Hamdoʻstlikning intellektual kodi” xalqaro kongressining ishida ishtirok etdi

16:54 31 Oktyabr 2025 Siyosat
262 0

Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Bahrom Abdullayev MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi va Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federatsiya Kengashi tomonidan 2025-yilning 30-31-oktyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan “Hamdoʻstlikning intellektual kodi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-taʼlim kongressida ishtirok etdi.

Senator kongressning yalpi majlisidagi chiqishida Oʻzbekistonning taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining strategik yoʻnalishlariga eʼtibor qaratdi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy-innovatsion salohiyatni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlandi. Bunda Oʻzbekiston yangi avlod kadrlarini tayyorlash, muhandislik taʼlimini rivojlantirish, fan va taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga katta ahamiyat berilayotgani taʼkidlandi.

Kongress ishtirokchilari MDH mamlakatlari universitetlari, tadqiqot markazlari, innovatsion kompaniyalari va ijodiy hamjamiyatlari oʻrtasida ilmiy-taʼlim aloqalarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, senator MDH PAning Fan va taʼlim boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida ham ishtirok etdi. Unda Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasida ilmiy-taʼlim hamkorligini mustahkamlash, kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, akademik mobillikni rivojlantirish, qoʻshma tadqiqot va taʼlim platformalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?