Senatda Braziliya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Braziliya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Syuzan Kleyebank bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston–Braziliya munosabatlari va parlamentlararo hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, iqtisodiy rivojlanish, investitsiya muhiti va kadrlar salohiyati yuqori baholandi.
Siyosiy maslahatlashuvlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamohanglik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oliy Majlisda tashkil etilgan Braziliya bilan parlamentlararo doʻstlik guruhi faoliyati va Braziliya parlamentida Oʻzbekiston bilan doʻstlik guruhini tashkil etish uchun hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish, parlament aʼzolari oʻrtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish hamda Braziliya Milliy kongressi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini uyushtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring