Senatda bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi
Joriy yilning 28-avgust kuni Oliy Majlis Senatida bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan turli sohalarda samarali mehnati, mamlakat taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan.

Oliy Majlisning Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamda Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini va tegishli hujjatlarni topshirdi.

Soʻzga chiqqanlar taʼkidlanganidek, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik jarayonlari natijasida xalqimiz farovonligi, yurt ravnaqi tobora yuksalib bormoqda. Bugungi kunda barcha sohalardagi yutuqlar xalqimizning farovon hayotida oʻz ifodasini topmoqda.

Mukofotlanganlar davlatimiz rahbarining yuksak eʼtibori va ishonchi uchun chuqur minnatdorligini, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida yanada faollik bilan mehnat qilishga tayyor ekanligini ham bildirishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring