Senat sanoat namunalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatga mamlakatimizning qoʻshilishi haqidagi Qonunni maʼqulladi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Sanoat namunalarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Muhokama chogʻida Gaaga bitimining Jeneva akti oʻz mahsulotlarini, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda ilgari surishdan manfaatdor boʻlgan subyektlarga sanoat namunalarini roʻyxatdan oʻtkazishning amaldagi milliy tizimlarga nisbatan qulayroq tartib-taomilidan foydalanish imkonini berishi taʼkidlandi.
Xususan, bugungi kunda mamlakatimizning ishlab chiquvchisi sanoat namunasi intellektual mulki himoyasini olish uchun bir qator mamlakatlarda tegishli idoraga ushbu mamlakatdagi shakl boʻyicha va tilda ariza berishga majbur boʻlayotgani, har bir mamlakatda ushbu tartib-taomil uchun har safar alohida haq toʻlayotgani aytib oʻtildi.
Gaaga bitimining Jeneva akti milliy ishlab chiquvchilarga barcha tartib-taomillar bajarilishini va hujjatlar tarqatilishini oʻz zimmasiga oladigan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) bitta ariza berish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda 70 ta davlat, shu jumladan MDHning aksariyat mamlakatlari Gaaga bitimining Jeneva akti ishtirokchilari hisoblanadi.
Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek, yangi mahsulotlar yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan obyektlardan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradi.
Bundan tashqari, mazkur xalqaro hujjatga qoʻshilish mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻladi.
Qonun Senat tomonidan maʼqullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring