Senat qoʻmitasida Oʻzbekiston Eksportyorlar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida Oʻzbekiston Eksportyorlar uyushmasi vakillari hamda eksport bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda eksportyorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar, mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirishda qonunchilik bazasini takomillashtirish, xorijiy mamlakatlarda savdo uylari va omborlar tashkil etish, transport va logistika masalalari, shuningdek, Oʻzbekiston mahsulotlariga sertifikatlar olishda Senatning amaliy koʻmagi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida 2026-yilgacha milliy eksport hajmini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish vazifasi belgilangani, tadbirkorlik mamlakatimizda ortga qaytmas kuchga aylangani, “Made in Uzbekistan” brendini dunyoga tanitish maqsadida xorijda oʻtkazilayotgan koʻrgazmalarda faol ishtirok etish uchun davlat tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratilgani alohida taʼkidlandi.
Tadbir yakunida mamlakatimiz eksportyorlarini parlament darajasida qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlariga iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish va eksportni kengaytirish borasida har tomonlama koʻmaklashish hamda samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring