Saudiya Arabistonida ilk sunʼiy intellekt shifokori ishtirokidagi klinika ish boshladi
Foto: Illustrativ
Saudiya Arabistonida dunyodagi ilk sunʼiy intellekt shifokori ishtirokidagi klinika ochildi. Ushbu klinikada bemorlarni diagnostika qilishda “Dr Hua” nomli sunʼiy intellekt tizimi ishlatilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Loyiha Xitoyning “Synyi AI” texnologik kompaniyasi va Saudiya Arabistonining “Almoosa Health Group” tibbiyot tashkiloti hamkorligida amalga oshirilgan. Sinov dasturi oʻtgan oy Saudiya Arabistonining sharqiy mintaqasidagi Al-Ahsa viloyatida yoʻlga qoʻyildi.
Klinikaning asosiy maqsadi — bemorlar dastlab murojaat qilganida ularni inson shifokorlari emas, balki sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan tizim qabul qilib, dastlabki tashxis va davolash rejasini belgilashdir. Shunga qaramay, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida inson shifokorlar hamon tizimda ishtirok etmoqda.
“Synyi AI” bayonotiga koʻra, “AI Clinic” — bu sunʼiy intellekt shifokori mustaqil ravishda soʻrovnoma, tashxis, davolash rejasi va retsept yozish kabi barcha tibbiy bosqichlarni bajaradigan innovatsion xizmat boʻlib, inson shifokorlar esa yakuniy nazoratchi sifatida xizmat qiladi.
Klinikada bemorlar sunʼiy intellektga oʻz simptomlarini taʼriflab beradi. “Dr Hua” esa xuddi haqiqiy shifokordek savollar berib, bemorning javoblari va inson yordamchilari yordamida olingan suratlar yoki boshqa maʼlumotlarni tahlil qiladi. Soʻngra “Dr Hua” davolash rejasini ishlab chiqadi va bu reja inson shifokori tomonidan qayta koʻrib chiqilib, tasdiqlanadi. Zarur holatlarda inson shifokorlar zudlik bilan aralashish imkoniyatiga ega.
Hozirgi vaqtda “Dr Hua” faqatgina nafas yoʻllari bilan bogʻliq kasalliklar boʻyicha maslahat bera oladi. Bu yoʻnalishda u astma, faringit kabi 30 ta kasallikni qamrab olgan. Shunga qaramasdan, “Synyi AI” kelajakda bu bazani 50 ta kasallikka — jumladan, ovqat hazm qilish tizimi va dermatologik kasalliklarga kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring