Sarmishsoyda talabalarning turizm festivali boʻlib oʻtdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy davlat Pedagogika instituti, Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti hamkorligida Sarmishsoy darasida “Yoshlar turizmi: milliy madaniyat va etnosport” mavzusida yoshlar turizm festivali tashkil etildi.
Ikki kun davom etgan festival doirasida talabalar tomonidan milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etildi, arqon tortish, chillak kabi xalqona bellashuvlar, psixologik treninglar va intellektual oʻyinlar oʻtkazildi.

— Sarmishsoy deganda koʻpchilik dam olib, xordiq chiqaradigan soʻlim bir manzilni koʻz oldiga keltiradi, — deydi NavDPI prorektori Xurshid Qurbonov. — Vaholanki, dara uzoq oʻtmishda makon tutgan, ajdodlarimizning ming-ming yillik anʼanalari va urf-odatlaridan hikoya qiluvchi ochiq osmon ostidagi muzey hamdir.
Talaba yoshlar Sarmishsoy darasiga sayohat qilish bilan birga qadimiy Nur qalʼasi, Nurota tumanining “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasini hamda Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida boʻlishdi. Tadbir doirasida oliygohlar yoshlar boshlangʻich tashkiloti yetakchilari oʻrtasida hududlarning sayyohlik salohiyatini targʻib etish boʻyicha memorandum imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring