Zelenskiy tinchlik rejasini toʻliq referendumga qoʻyishga tayyor ekanini bildirdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qilishicha, agar 20 banddan iborat yakuniy tinchlik rejasi hududiy masala boʻyicha oʻta murakkab qarorni talab etsa, eng maqbul yoʻl sifatida uni umumxalq referendumiga qoʻyish mumkin. Bu haqda Axios xabar berdi.
Ukraina rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiya kamida 60 kun muddatga oʻt ochishni toʻxtatishga rozilik bildirsa, u tinchlik rejasini referendumga chiqarishga tayyor.
“AQSH va Ukraina oʻrtasidagi ikki tomonlama kelishuvlarning koʻplab jihatlari allaqachon aniqlangan. AQSH bizga 15-yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi va bu kelishuvni keyinchalik uzaytirish mumkin. Biroq bizga 15-yildan koʻproq muddat kerak. Umid qilamanki, Tramp bunga rozi boʻladi. Men hududlar boʻyicha yanada maqbul shartlarga kelishishni istayman. Agar qaror juda murakkab boʻlsa, tinchlik rejasining barcha 20 bandini referendumga qoʻyishga tayyorman”, — dedi Zelenskiy.
Axiosʼning yozishicha, AQSH Zelenskiyning referendum oʻtkazishga tayyorligini muhim ildamlashuv sifatida baholamoqda. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti ovoz berishni tashkil etish jiddiy siyosiy xavflar va xavfsizlik tahdidlari bilan bogʻliq ekanini taʼkidlab, uni oʻtkazish uchun kamida 60 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish zarurligini bildirdi.
“Agar referendum Rossiya hujumlari davom etayotgan sharoitda oʻtkazilsa, odamlar raketalarni koʻradi va ovoz berishga chiqmaydi. Bu holda natijalar noqonuniy deb baholanadi. Odamlarni ovoz berish imkoniyatidan mahrum qilgan holda referendum oʻtkazgandan koʻra, uni umuman oʻtkazmagan maʼqul. Shuning uchun Rossiya kamida 60 kunga oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi kerak”, — dedi Zelenskiy.
Qayd etilishicha, Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy oʻrtasidagi muzokaralar 28-dekabr kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring