Sanepidqoʻmita fuqarolardan yoʻl yoqasidagi chodirlardan tarvuz va qovun sotib olmaslikni soʻradi
Fuqarolardan yoʻl yoqasidagi chodirlardan tarvuz va qovun sotib olmaslik soʻraldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qoʻmitaga koʻra, bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi va sogʻliq uchun zararli hisoblanadi. Xususan, qovun mahsuloti notoʻgʻri isteʼmol qilinsa, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
“Diyetologlar qovunni asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan isteʼmol qilishni maslahat beradi. Uni och qoringa, shuningdek kechqurun soat 17:00-19:00 dan keyin isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, uglevod mahsulotlarini kechqurun isteʼmol qilish insulinning koʻpayishi va yogʻlarning toʻplanishiga olib keladi. Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar mavjud: oshqozon yarasi yoki gastritning kuchaygan davrida qovunni isteʼmol qilmaslik kerak.
Qovun yuqori kaloriyali mahsulot hisoblanmaydi (naviga qarab 100 g. uchun atigi 30-38 kkal). Kaloriya miqdori past boʻlishiga qaramay, qovun yuqori glikemik indeksga ega va shakar miqdori koʻpaygan (banan kabi 60-65), shuning uchun u diabet va semizlikka moyillar uchun maʼqul emas.
Qayd etilishicha, qovun asab tizimiga foydali va kayfiyatni yaxshilaydi. Homilador ayollar uchun V9 vitamini yoki foliy kislotasi tufayli homilaning asab tizimi toʻgʻri rivojlanishi uchun qovun isteʼmoli tavsiya etiladi. Qovun ich qotishi, koʻrishni yaxshilash, yurak faoliyatini yaxshilash, osteoporoz, raxit yoki psoriaz, teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilashga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring