Samarqandning yalpi hududiy mahsuloti bu yil 120 trillion soʻmga yetadi

17:16 25 Noyabr 2025 Siyosat
230 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatda erishilgan natijalar va ishga solinmagan imkoniyatlarni qayd etdi.

Oʻtgan sakkiz yilda viloyatga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 600 ming doimiy ish oʻrni yaratildi, tadbirkorlar 2 karra koʻpaydi.

Ishlab chiqarish korxonalari soni 1,5 barobar, sanoat hajmi 1,7 barobar oʻsdi. Yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgan korxonalar soni 81 taga yetdi. 55 ta davlatdan xorijiy investorlar ish boshladi, chet el ishtirokidagi korxonalar soni 700 taga yaqinlashdi. Xizmatlar yiliga oʻrtacha 15 foizdan oʻsayapti, bu yil servis hajmi 75 trillion soʻmga yetadi.

Shuningdek, 2024-yil va bu yilning 10 oyida 15 million kvadrat metrli uy-joy va tijorat obyektlari barpo etildi. Samarqandlik quruvchilar respublika boʻyicha yiliga 4,5 million kvadrat metrli bino-inshootlar qurayapti. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2016-yilda 23 trillion soʻm boʻlgan boʻlsa, bu yil 120 trillion soʻmga yetadi.

Odamlar viloyatda amalga oshirilgan ishlar hisobiga oilasida katta ijobiy oʻzgarishlar boʻlganini aytayapti. Masalan, oʻtgan davrda 2 trillion soʻmlik 3 ming 200 kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi.

“Bir soʻz bilan aytganda, Samarqandni aholi va tadbirkorlar uchun ham, turistlar va investorlar uchun ham jozibador hududga aylantira oldik”, dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?