Samarqanddagi qabristonda yongʻin sodir boʻldi
12-iyun kuni soat 11:05 larda Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Bozorjoʻy mahallasi hududida joylashgan “Koʻktoʻnli ota” qabristonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu xabar asosida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan 2 ta jangovar ekipaj jalb qilingan va soat 12:54 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.
Hozirga paytda holat yuzasidan tuman FVB tomonidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi ikki fuqaroning ehtiyotsizligi sabab qabriston yongʻin ostida qolgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring