Samarqanddagi xizmat koʻrsatish binosida 201 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi

17:33 11 Fevral 2026 Jamiyat
423 0

Samarqand shahrida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Hududgaz Samarqand” GTF kompleans nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrining Amir Temur koʻchasida joylashgan xizmat koʻrsatish binosida xatlov oʻtkazilganda, bino egasi loyiha-texnik hujjatlarisiz, gaz hisoblash uskunasidan oldin yashirin tarmoq tortgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 201 million 168 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер