Samarqandda xotini va qaynonasini urib o‘ldirgan erkak 24,5 yilga qamaldi
Samarqand viloyatida xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
Joriy yilning 18 iyul kuni soat 23:00 larda Pastarg‘om tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi "O" spirtli ichimlik va giyohvand modda taʼsirida arazlab, ota uyiga ketib qolgan ayolining oldiga borgan.
U yerda oldindan kelishmay yurgan qaynonasi va xotini bilan janjallashib, ularni shafqatsizlarcha kaltaklagan.
Bunga guvoh bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining ukasini ham do‘pposlagan. Badanning turli joylariga berilgan zarbalar oqibatida turmush o‘rtog‘i va qaynonasi vafot etgan.
“Xotinimni olib ketish uchun borgandim. Qaynonam bilan qaynukam olib ketmaysan deb, menga tashlanib qolishdi. Men shok holatga tushib, ularga qo‘l ko‘tarib qo‘ydim”, - deydi sudlanuvchi sud zalida.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi "O" JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 24 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring