Samarqandda bojxona xizmati vakillarining tranzit tashishni raqamlashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda

TIR ijroiya kengashining navbatdan tashqari boʻlib oʻtgan yigʻilishi davomida Oʻrta koridorni eTIR yoʻlagiga aylantirish, yaʼni Markaziy Osiyo orqali amalga oshirilayotgan xalqaro tashuvlar uchun yagona raqamli platforma yaratish, yuklarni xalqaro tashish boʻyicha Konvensiyaning 11 ilovasini amaliyotga tatbiq etish kabi masalalar koʻrib chiqilmoqda.
TIR ijroiya kengashining mazkur yigʻilishini oʻtkazish masalasi joriy yilning fevral oyida BMTning Jenevadagi shtab-kvartirasida eTIR tartibini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruhining majlisi davomida koʻrib chiqilgan edi.
TIR Maʼmuriy qoʻmitasining yigʻilish kun tartibiga Ijroiya kengashning Oʻzbekistonlik vakili, Bojxona qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Rustam Kabulov tashabbusi bilan TIR Konvensiyasi Maʼmuriy qoʻmitasining 2023-yilda oʻtkaziladigan yigʻilishiga Rais etib Bojxona qoʻmitasi bosh inspektori Elyor Xakimov nomzodi kiritilgan.
TIR Konvensiyasi Maʼmuriy qoʻmitasining 78 mamlakatdan iborat vakillari tomonidan bir ovozdan Bojxona qoʻmitasi bosh inspektori Elyor Xakimov nomzodi tasdiqlangan.
Yigʻilish Oʻzbekiston bojxona xizmati xodimi raisligida boʻlib oʻtgani yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish jarayonlari boʻyicha Oʻzbekiston bojxonasining tajribasi xalqaro miqyosda tan olinayotganligi va eʼtirof etilayotganligini anglatadi.
Navbatdagi yigʻilishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Eron, Pokiston, Turkmanisiston mamlakatlaridan tashrif buyurgan bojxona organi xodimlari, hamda Xalqaro avtomobil transport ittifoqi, TIR Ijroya kengashi aʼzolari, BMT EIK, Xalqaro avtomobil transport ittifoqi, TRASECA, GIZ va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirok etishmoqda.
Ushbu yigʻilishning aynan Oʻzbekistonda oʻtkazilishi mamlakatimizning tranzitni soddalashtirish va erkinligini taʼminlash borasidagi faolligini isbotlaydi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Oʻrta yoʻlakda eTIRni joriy etish mintaqaning tranzit salohiyatini oshirishga, jarayonlarni amalda keng qoʻllanishiga yordam beradi va tranzit hujjatlarini raqamlashtirishda oʻrta yoʻlak mamlakatlarini faollashtirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring