Samarqandda aholi uchun yangi koʻprik qurildi

12:26 24 Noyabr 2021 Jamiyat
825 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Zarband” va “Beshbola” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun yangi koʻprik qurib foydalanishga topshirildi.

Gap shundaki, joriy yilning 21-avgust sanasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumani aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazgan edi. Unda “Beshbola” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Begali Imomqulov hududdagi eski koʻprikni sel yuvib ketgani va bu atrofdagi qishloqlar aholisi uchun juda katta noqulayliklar keltirib chiqarayotganini, bolalar maktabga qatnay olmasligini aytib, ushbu muammoning yechimi sifatida yangi koʻprik qurish haqida murojaat qilgan edi.

Qisqa fursatda bu muammo amaliy yechimini topdi. Ishtixon tumanidagi olis “Zarband” va “Beshbola” MFY aholisi uchun uzunligni 25 metr boʻlgan yangi koʻprik qurib foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda nuroniylar qoʻllarini duoga ochib, yurt tinchligi va ravnaqi, el omonligini soʻrab duo qilishdi. Ishtirokchilar va oʻsha hududdagi 81-maktabda taʼlim oluvchi bir guruh oʻquvchilar ilk yoʻlovchilar sifatida yangi koʻprikdan oʻtishdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер