Samarqandda 3,5 ming gektardan ortiq hudud obodonlashtirilmoqda

11:37 12 Noyabr 2025 Jamiyat
234 0

Samarqand viloyatida 15-oktyabrdan buyon davom etayotgan tozalik va ozodalik oyligi doirasida eng chekka hududlargacha obodonlashtirish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda. Mahalla va qishloqlar, taʼlim muassasalari, koʻchalar hamda aholi turar joylari hududlarida qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Aholining faol ishtirokida mahallalarda sanitar holatni yaxshilash, atrof-muhitni tozalash, yoʻllar va piyodalar yoʻlaklarini taʼmirlash, yashil hududlarni kengaytirish, koʻchat va gullar ekish ishlari izchil davom etmoqda.

Xususan, Qoʻshrabot tumanidagi Yuqori Saroy mahallasida yoʻl chetida piyodalar yoʻlakchasi qurilib, atrof hudud obodonlashtirildi.

— Tozalik va ozodalik oyligi doirasida bugungi kunda viloyatdagi 1081 ta mahallada 3518 gektar maydon obodonlashtirilmoqda, — deydi Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Alovuddin Lapasov. — Shuningdek, 777 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilarini olib chiqish, 1,3 kilometr ariq va lotoklarni tozalash, 1570 dan ziyod qabriston, 130 ga yaqin ziyoratgoh va 330 dan ortiq bogʻlarni obodonlashtirish, qariyb 13 mingga yaqin koʻcha, 400 dan ortiq sport maydonchasi va 301 ming 639 ta xonadon tartibga keltirilmoqda.

Qariyb 13 mingta koʻcha, 400 dan ziyod sport maydonchasi hamda 301 ming 639 ta xonadon obodonlashtirildi.

Shuningdek, oylik doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 4677 ta oila va yolgʻiz keksalarga moddiy yordam koʻrsatilmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?