Samarqandda 3 mlrd soʻmlik gazni oʻgʻirlagan korxona aniqlandi
Videodan kadr
Samarqandda korxona 3 milliard soʻmdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda shaharning “Farhod” qoʻrgʻonida joylashgan “G.F.E.” MJChga qarashli korxonada isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻllar bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisoblangan. Qayd etilishicha, korxona gaz taʼminoti filialiga 3 milliard 84 million soʻmlik zarar yetkazgan.
Shu kabi holatlardan yana biri Fargʻona viloyatning Quva tumani “Yangi hayot” MFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punktida ham aniqlangan. Oʻrganishlar davomida mazkur muassasa gaz hisoblagichining bir martalik tamgʻasi qasddan buzilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgan maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 231 million 198 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Yana bir holatda Qoʻqon shahar “Taraqqiyot” MFYda istiqomat qiluvchi S.U. oʻz xonadonidagi korxonada gaz tarmogʻiga tegishli hujjatlarsiz, hisoblagichdan tashqari ulanib, tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan. Ushbu holat boʻyicha ham qayta hisob-kitob amalga oshirilgan va 760 million 317 ming soʻmlik zarar qayd etilgan.
Hozirda yuqoridagi holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring