Samarqandda 25 ta oilaga quyosh panellari tarqatildi
Foto: Narpay tumani hokimligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yilning 10-iyun kunida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yil yakuniga kadar ijtimoiy daftarlarga kiritilgan oilalarni quyosh suv isitish qurilmasi yoki quyosh panellari bilan begʻaraz taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Topshiriq asosida Samarqand viloyati Narpay tumani “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 119 million 500 ming soʻmlik quyosh panellari xarid qilingan.

Joriy yilning 11-avgust kuni Narpay tumani hokimi boshchiligida “Temir daftar” roʻyxatida turgan 25 ta oilaga ushbu qurilmalar tarqatildi.
Ayni paytda soha vakillari tomonidan quyosh panellari xonadonlarga oʻrnatilmoqda. Hafta oxiriga qadar oʻrnatish ishlari poyoniga yetkazilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring