Saylovchilar faolligi – kelajakka ishonch belgisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqaro standartlar va demokratik tamoyillar doirasida oʻtishini kuzatish maqsadida kelgan YEHXT DIIHB missiyasidan amerikalik kuzatuvchi Gregori Slotla va yaponiyalik Manabu Simoyasiro Navoiy viloyatidagi qator saylov uchastkalarida boʻlgach, 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi raisi N. Isoqov bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida komissiya raisi okrugda saylovga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilgan ishlar, uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining nazariy va amaliy koʻnikmalarini oshirishda koʻp bosqichli kurslarning samarasi hamda saylov uchastkalarining jihozlanishi boʻyicha soʻzlab berdi.
– Mana, ikkinchi kundirki, Navoiyda saylovoldi jarayonlari bilan tanishib, ulkan taassurotlarga ega boʻldik, – deydi Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti rejalashtirish tashkiloti – JETRO katta direktori Manabu Simoyasiro. – Barcha uchastkada saylovni oʻtkazuvchi masʼullar pandemiya sharoiti hisobga olingan holda maxsus kiyimlar bilan taʼminlangan. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa alohida ovoz berish xonasi tashkil etilgan. Bir soʻz bilan aytganda, barcha masalada tenglik tamoyiliga toʻliq amal qilingan. Muhimi, elektoratning nihoyatda faolligi saylovchilar bilan muloqotlarda yaqqol bilinib turibdi. Bu, tabiiyki, saylovchilarning kelajakka mustahkam ishonchining birinchi belgisidir.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring