Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashuv oʻtkazdi

19:03 05 Iyun 2024 Siyosat
909 0

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni” konferensiyasi doirasida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi davlat rahbari uchun oʻta muhim ustuvor masala ekaniga alohida eʼtibor qaratildi.

Ngozi Okonjo-Iveala Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlarni yuksak baholab, Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish yoʻlidagi harakatlarni toʻla qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер