Saida Mirziyoyeva ham AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Bugun, 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda AQSh maʼmuriyatining yuqori martabali vakillari Oʻzbekistonda keyingi 8-yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddati va jadal surʼatini qayd etgan.

“Biz mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratdik. Jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram'dagi sahifasida.
Prezidenti Administratsiyasi rahbarining qoʻshimcha qilishicha, bunday uchrashuvlar tomonlarning salohiyatini yaxshiroq tushunish va roʻyobga chiqarish imkonini beradi.

“Zero, mamlakatimiz oʻzining ochiqlik siyosati bilan taʼlim, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa koʻplab sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda tobora koʻproq hamkorlarni jalb etmoqda”, deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring