Sadriddin Hasanov jahon futbolidagi eng iqtidorli yosh futbolchilar qatoriga kirdi
Foto: O‘FA
Oʻzbekistonlik yosh futbolchi, U-17 terma jamoasi aʼzosi Sadriddin Hasanov dunyoning 60 nafar umidli yosh oʻyinchilari qatoridan joy oldi. “The Guardian” nashri tomonidan eʼlon qilgan roʻyxatga 2008-yilda tugʻilgan eng yaxshi futbolchilar kiritilgan.
Manbaning qayd etishicha, Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Sadriddin Hasanovga bugungi kunda Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda. Agarda 17 yoshli futbolchi Osiyo futbol konfederatsiyasining “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga sazovor boʻlsa, yaqin vaqtlarda uning transfer bozori “qizib ketishi” ehtimoli ham bor.
“Hasanov chap qanotdan markazga keskin kirib borishni yoqtiradi, u tezkor, jismonan baquvvat va gol urishga intiluvchan. Shu bilan birga, u gʻalaba ruhi bilan ham ajralib turadi”, deyiladi xabarda.
Nashr, shuningdek, aprel oyida boʻlib oʻtgan U-17 Osiyo kubogi finalida Oʻzbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi 9 nafar futbolchi bilan oʻynab, 2:0 hisobida gʻalabaga erishganiga ham eʼtibor qaratgan. Ayniqsa, ushbu oʻyinda Hasanov jamoaga yetakchilik qilgani alohida qayd etilgan.
“U jamoani 2:0 hisobidagi gʻalabaga ilhomlantirdi, oʻzi ham gol urdi. U jami toʻrtta goli bilan, musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi”, deb yozadi “The Guardian”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring