Roʻzador odam emlanishi mumkinmi?

14:27 14 Aprel 2021 Jamiyat
1299 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kovid-shtab aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob qaytardi.

«Roʻza tutishda belgilangan talab va amallarni oʻrganib chiqsak, imkon qadar bemor odam oʻz salomatligini ogʻirlashtirmasligi uchun ayrim kasalliklarda roʻza tutmasliklari tavsiya etiladi.

Bunday holatlarda, emlash jarayoniga taklif etilgan boʻlsangiz va shifokor koʻruvida kasallikning oʻtkir holati yoki avj olgan davri kechayotgani ayon boʻlsa, bu fuqarolar emlanmaydilar.

Salomatlik koʻrsatkichlari meʼyorida boʻlib, oʻzini sogʻlom deb his qilgan fuqaro roʻzador boʻlib, emlashga taklif etilgan boʻlsa, shifokor uning holatini oʻrganib chiqib, xulosa qiladi.

Bunda fuqaro salomatligi sogʻlom deb baholanib, emlash tavsiya etilgan boʻlsa, unda emlashdan keyingi davrda — shifokor bilan bogʻlanib turishlari kerak. Sababi turli insonlar organizmining vaksinaga reaksiyasi turli xil boʻladi. Shu bois, emlash olganlar shifokor tavsiyalarini bajarishlari talab etiladi», deydi Sevara Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер