Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi
Xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, bugun, 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruhning Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari doirasida 6 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Ular Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali mamlakatimizga olib kelinib, vaqtincha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan.
Shundan soʻng, zarur huquqiy va tibbiy tekshiruvlar oʻtkazilgach, 5 nafar bola belgilangan tartibda oʻz ota-onalariga topshirilgan. Yana 1 nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Samarqand shahriga yuborilib, onasiga topshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring