Rossiyada nashr qilinadigan jurnal Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan suhbatni chop etdi
“Здравоохранение России” jurnalida Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan intervyu chop etildi.
Suhbatda mamlakatimizda aholi turmush sharoitini yaxshilash va fuqarolar salomatligini asrashga xizmat qiluvchi olimlarning ilmiy izlanishlari va ishlanmalari, Rossiya ilmiy hamjamiyati bilan oʻzaro aloqalar haqida fikr yuritilgan.
“Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markaz hisoblanadi, deydi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbari ushbu suhbatda. Mamlakat rivojlangan ilmiy-tadqiqot moddiy-texnik bazasiga, salmoqli intellektual salohiyat, yuqori malakali kadrlarga ega. Ayni paytda Oʻzbekistonda 360 dan ortiq akademik, oliy oʻquv yurti va sohaga oid muassasalarda 35 mingga yaqin kishi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanmoqda”.
Intervyuda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsiya faoliyati chuqur fundamental tadqiqotlar, ustuvor amaliy va innovatsion ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni qamrab olgani, ular mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilganligi qayd etilgan. “Bunda oʻzbek ilm-fani salohiyatidan toʻliq foydalanish asosiy vazifadir”, deydi vazir.
Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston va Rossiya olimlarining oʻzaro hamkorligiga toʻxtalar ekan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutining rossiyalik hamkasblari bilan yangi avlod rekombinant toksinlarini yaratish boʻyicha olib borayotgan qoʻshma ilmiy izlanishlarini alohida qayd etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring