Rossiya yadro suvosti kemalari sonini oshiryapti. Suvlikda ham yangi front ochilishi mumkin

Rossiya NATO bilan keskinlik kuchaygan bir paytda yadroviy suvosti kemalari parkini kengaytirishini maʼlum qildi. Sevmash kemasozlik zavodi rahbari Mixail Budnichenkoning aytishicha, yangi avlod 885M (Yasen-M) loyihasi doirasida qurilgan “Arxangelsk” kemasi barcha sinovlardan oʻtgan va tez orada Flot tarkibiga qoʻshiladi. Shuningdek, “Knyaz Pojarskiy” kemasi ham yaqin vaqt ichida Flot tarkibiga qoʻshilishi kutilyapti.
Rossiya-Ukraina keskinliklari davomida NATO va Kreml oʻrtasidagi keskinlik ortib bormoqda. NATO yetakchilari Rossiya bilan bevosita mojaro xavfidan choʻchishmoqda va shu sababdan ham oʻz armiyalarini nafaqat quruqlikda, balki dengizda ham shay holatga keltirish harakatlarini boshlagan. AQSH va NATO Rossiyaning haddan tashqari keskin yadroviy ritorikasini qoraladi va bunday yondashuvlarni “jahon tinchligiga tahdid” sifatida baholadi.
Sevmash kemasozlik zavodi “Arxangelsk” bilan birga beshta yangi 885M loyihasidagi suvosti kemalarini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda. Bu kemalar asosan “Oniks” va “Kalibr-PL” raketa tizimlari bilan jihozlangan boʻlib, ular Rossiyaning dengiz qudratini mustahkamlaydi. Hozirgacha Rossiya Flotiga bir necha shunday kemalar, jumladan, “Severodvinsk”, “Kazan” va “Krasnoyarsk” qoʻshilgan.
Rossiyaning mudofaa vaziri Andrey Belousov yaqin oʻn yillikda NATO bilan harbiy mojaro roʻy berishi mumkinligini aytdi. Belousovning taʼkidlashicha, NATOning bu yilgi sammitida qabul qilingan qarorlar shunday tayyorgarlikni koʻrsatmoqda. NATO esa bunday bayonotlarni keskin tanqid qilib, Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishish niyati yoʻqligini bildirgan.
Ayni paytda AQSH Ukrainaga harbiy yordamni qoʻllab-quvvatlash vazifasini NATOga topshirishini maʼlum qildi. Bu qarorning yangi prezident Donald Tramp maʼmuriyati Ukrainaga yordamni qisqartirishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bilan bogʻliqligi aytildi. Germaniya matbuotiga koʻra, NATO bu yordamni barqaror qoldirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan.
Moskvaning yadroviy suvosti kemalari faoliyatini kengaytirish harakatlari NATOning Yevropadagi faoliyatiga nisbatan keskinlikni oshirishi mumkin. Bunday keskinlik sharoitida Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi muzokaralar natijasiz qolishi ehtimoli yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring