Rossiya raketasi Eron sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga olib chiqdi
Eronda ishlab chiqarilgan “Kovsar” va “Xodxod” sunʼiy yoʻldoshlari Rossiyaning “Soyuz-2.1” kosmik kemasi tomonidan orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqildi. Bu Moskva va Tehron oʻrtasidagi oʻsib borayotgan hamkorlikni aks ettiradi.
“Soyuz-2.1” kosmik kemasi Rossiyaning uzoq sharqidagi “Vostochniy“ kosmodromidan havoga koʻtarilgan va uchirilgandan toʻqqiz daqiqa oʻtib, orbitaga yetib borgan.
“Roskosmos”ning taʼkidlashicha, Rossiyaning ikkita “Ionosfera-M” sunʼiy yoʻldoshi Yer atrofidagi kosmik ob-havoni kuzatish uchun moʻljallangan. 53 ta kichik sunʼiy yoʻldoshlar, shuningdek, Rossiya-Xitoy talabalari sunʼiy yoʻldoshi “Drujba ATURK“ ham orbitaga joylashtirildi.
“Omid Faza“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Kovsar“ sunʼiy yoʻldoshini loyihalash 2019-yilda boshlangan. IRNA maʼlumotlariga koʻra, “Kovsar”ning taxminiy muddati uch yil, “Xodxod” esa toʻrt yil ishlashi kerak.
2022-yilda Rossiya raketasi Tehronning iltimosiga binoan Rossiyada qurilgan “Xayyom” nomli Eron Yerni kuzatish sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. Fevral oyida Rossiya orbitaga “Pars-1” nomli yana bir Eron sunʼiy yoʻldoshini chiqargan edi. Eron davlat matbuotining aytishicha, “Pars-1” tadqiqot sunʼiy yoʻldoshi boʻlib, u orbitadan Eron topografiyasini skanerlaydi.
Soʻnggi yillarda Eronning fuqarolik kosmik dasturida bir qancha salbiy natijalar kuzatilgan. Shuningdek, sunʼiy yoʻldosh tashuvchi raketaning “Simurgʻ” dasturida ketma-ket beshta muvaffaqiyatsiz uchirilish kuzatilgani maʼlum.
Navbatdagi sunʼiy yoʻldoshning uchirilishi Rossiya va Eron turli sohalardagi aloqalarni kengaytirayotgan bir paytda, Ukraina va Gʻarb tomonidan Tehron Moskvani Ukraina nishonlariga hujum qilish uchun uchuvchisiz samolyotlar bilan taʼminlagani haqidagi tanqidlar kuchaygan bir vaqtda yuz berdi.
Eron prezidenti Masud Pezeshkian Rossiyaga rejalashtirilgan tashrifini amalga oshirmoqchi va “har tomonlama strategik sheriklik” toʻgʻrisida kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Tashrif sanasi hali tasdiqlanmagan.
“Assosiated Press” tomonidan tahlil qilingan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari Isroil 26-oktyabr kuni Eronga hujumi chogʻida bir qancha kosmik stansiyalarni bombardimon qilganligini koʻrsatmoqda. Eron esa oʻshanda Isroil hujumi minimal zarar keltirganini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring